Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Belgiya va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Sietl shahridagi «Lyumen Fild» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda belgiyaliklar qo‘shimcha vaqtda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida Habib Diarra Senegalni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida Ismaila Sarr oradagi farqni oshirdi.
Senegal g‘alaba juda yaqin edi. Ammo ikkinchi bo‘lim oxirida Belgiya 2 ta gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Romelu Lukaku hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 89-daqiqada Yuri Tilemans muvozanatni tikladi.
Qo‘shimcha vaqtning 120+5-daqiqasida esa hakam VAR yordamid afrikaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Tilemans penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga dramatik g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, Belgiya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 1/8 finaliga chiqdi. Keyingi bosqichda belgiyaliklar AQSH — Bosniya va Gersegovina juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
JCH-2026. 1/16 final
2 iyul, 2026 yil. Sietl (AQSH), «Lyumen Fild» stadioni.
Belgiya — Senegal — 3:2 (qo‘shimcha vaqtdan so‘ng)
Gollar: Diarra, 24 (0:1), Sarr, 51 (0:2), Lukaku, 86 (1:2), Tilemans, 89 (2:2), Tilemans, 120+5, penalti (3:2).
Bosh hakam: Said Martines (Gonduras).
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0