Himoyachi Jyul Kunde shu yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Mark Bryusning ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi shu yozda fransuz futbolchisini sotishga tayyor. «Chelsi» o‘yinchi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» himoyachi uchun so‘ralayotgan summani 55 million funt sterlinggacha tushirishdi, shu sababli London klubi taklif bilan chiqishga shay.
Jyul Kunde 2022 yilda «Sevilya»dan 50 million yevro evaziga «Barselona»ga o‘tgan edi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «ko‘k-anorranglilar» safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0