«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn o‘z klubida qolishga qaror qildi.

«Barselona» angliyalik futbolchiga qiziqish bildirib, uning atrofidagilar bilan bog‘langan edi, biroq ish rasmiy taklifgacha yetib bormadi. Vaziyat yaqin kelajakda o‘zgarishi amrimahol: Sport nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirish borasida to‘xtamga kelgan. Agar kutilmagan rejadan tashqari holatlar yuz bermasa, yangi bitim Jahon chempionati yakuniga yetganidan so‘ng imzolanadi.

Xarri Keyn «Barselona» rahbariyati tomonidan «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferi muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda muqobil variant («plan B») sifatida ko‘rilayotgan edi. Endi kataloniyaliklar transfer bozorida boshqa nomzodlarni izlashlariga to‘g‘ri keladi.

Manba: Stadion.uz