«Barselona» klubi yangi mavsum uchun darvoza chizig‘ini shakllantirishda davom etmoqda. Yangi mavsumda asosiy darvozabon vazifasini Joan Garsiya bajarishi, Voysex Shesni esa uning o‘rinbosari bo‘lishi kutilmoqda. Ammo uchinchi posbon pozisiyasi hozircha so‘roq ostida turibdi.
Mundo Deportivo nashrining qayd etishicha, Diyego Kochen jamoani tark etgani, Inyaki Penya «Panatinaikos»ga o‘tgani hamda bir qator yosh golkiperlarning shartnoma muddati tugaganidan so‘ng, klub o‘z akademiyasidan ikkita asosiy nomzodni ko‘rib chiqmoqda.
Gap 18 yoshli Iker Rodriges va 19 yoshli Eder Aller haqida bormoqda. Birinchisi «La Masiya» tizimidagi eng istiqbolli darvozabonlardan biri hisoblansa, ikkinchisi allaqachon asosiy jamoa mashg‘ulotlariga muntazam jalb etilgan va o‘yin qaydnomalariga kiritilgan. Bu boradagi yakuniy qaror mavsum oldi tayyorgarlik yig‘inlari davomida qabul qilinadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0