«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Ruben Diashga Yevropaning qator top-klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, uni sotish niyatida emas. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real», «Barselona» va «Chelsi» 29 yoshli portugaliyalik himoyachini transfer qilish imkoniyatini so‘rab Angliya klubiga murojaat qilgan. Biroq uchala klub ham bir xil javob olgan — Diash sotilmaydi.

Xabar qilinishicha, Xosep Gvardiola ketganidan keyin jamoani qabul qilib olgan bosh murabbiy Enso Mareska Diashni tarkibning eng muhim futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda. Klub rahbariyati yangilanayotgan jamoani aynan uning atrofida shakllantirishni rejalashtirgan va shu bois himoyachini sotish masalasini hatto muhokama ham qilmayapti.

Shuningdek, «Manchester Siti»ning rad javobidan so‘ng madridliklar e’tiborini «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni hamda Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Niko Shlotterbekka qaratgani ta’kidlanmoqda.

Manba: Stadion.uz