«Barselona»ning qanot himoyachisi Jyul Kunde «Arsenal»ning tarkibni kuchaytirish uchun tuzilgan ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.

Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, «Arsenal» 27 yoshli Kundening ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun «Barselona» bilan bog‘langan. «Topchilar» o‘ng qanot himoyachisi izlashmoqda va Kunde ularning qisqa ro‘yxatidagi (short-list) asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» o‘z futbolchisi uchun 58,5 million yevro talab qilmoqda. Shuningdek, fransiyalik himoyachining kataloniyaliklar klubidagi yillik maoshi 12 million yevrodan ko‘proqni tashkil qilishi ma’lum.

2025/26 yilgi mavsumda Kunde barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz