«Kolorado» klubi va Avstraliya terma jamoasi himoyachisi Lukas Xerrington faoliyatini top-klublardan birida davom ettirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchining transferiga «Barselona», «Liverpul» va «Napoli» klublari qiziqish bildirmoqda. AQSH klubi o‘z o‘yinchisini sotishga tayyor va u uchun 25 million yevro miqdorida narx belgilagan. Ta’kidlash joizki, Xerrington ham mudofaa markazida, ham himoyaning o‘ng qanotida birdek muvaffaqiyatli to‘p sura oladi.
Lukas Xerrington «Kolorado» klubiga shu yilning yanvar oyida «Brisben Roar»dan 900 ming yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi klub miqyosida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali Xerringtonning transfer qiymatini 4,5 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0