«Barselona» klubi himoyachi Andreas Kristensen bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Marca nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, daniyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan yangi bitim imzolagan. Agar ushbu himoyachi yangi mavsumda «ko‘k-anorranglilar»ning umumiy o‘yin vaqtining 30 foizidan kamida maydonda harakat qilsa, «Barselona» u bilan shartnomani hech qanday tovon pulisiz (tekinga) bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, Kristensen kelishuvni uzaytirish uchun maoshining 50 foizga qisqarishiga ham rozilik bergan.
Andreas Kristensen 2022 yilda «Chelsi»dan «Barselona»ga erkin agent maqomida o‘tgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Kristensenning transfer qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0