«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri o‘zining o‘yin tamoyillari haqida gapirdi.
«Bir kuni otam menga shunday degandi: «Agar o‘yining qovushmasa, hech narsa o‘xshamasa, sen hech bo‘lmaganda yugurishing, jamoa uchun mehnat qilishing kerak». Men doim shunday qilaman — menga jamoaviy ish yoqadi, raqibdan to‘pni olib qo‘yishni yaxshi ko‘raman. Hozirgi Ispaniya terma jamoasida hamma bir-biri uchun mehnat qilishga tayyor», — deya Ispaniya OAVlari «Barselona»ning 23 yoshli xavbeki so‘zlarini keltirmoqda.
Pedri JCH-2026 doirasida Ispaniya terma jamoasining barcha to‘rtta uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0