Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri murabbiy Xans-Diter Flikning «Barselona» muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasi haqida gapirdi.
«Ko‘k-anorranglilar» germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida ikkita muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazib, ichki arenadagi oltita sovrindan beshtasini qo‘lga kiritishdi. Pedrining o‘zi ham amaldagi bosh murabbiy qo‘l ostida yangi qirralarini ocha oldi.
«Flik maydondagi pozisiyamni o‘zgartirdi, lekin eng muhimi — u bizga g‘oliblik mentalitetini, raqobatbardoshlik ruhini singdirdi. Murabbiy jamoani ruhiy tomonlama o‘zgartira oldi va buning uchun undan minnatdor bo‘lishimiz kerak», — deya Barcacentre 23 yoshli xavbekning so‘zlarini keltirmoqda.
6 iyul kuni Ispaniya terma jamoasi Pedri bilan birgalikda Jahon chempionatining 1/8 finalida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0