Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Pedri 2026-yilgi jahon chempionatidagi asosiy orzusi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda AS nashriga tayanib Championat xabar bermoqda.

“Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynash — mening orzum. Men uchun u tarixdagi eng buyuk futbolchi. Uning o‘yinini kuzatish menga juda yoqadi. Biz har kuni birga mashg‘ulot o‘tkazgan paytlarimizda ham uning harakatlaridan zavq olardim. Uning maydonda qilayotgan ishlari — aql bovar qilmas darajada. Bunday yoshda bunday o‘yin ko‘rsatish faqatgina uning yuksak mahorati tufayligina imkonli. Men uchun u — tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi”, deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasining 1/8 finalida Ispaniya milliy jamoasi Portugaliya bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs 6 iyul kuniga belgilangan. Argentina milliy jamoasi esa ushbu bosqich doirasida 7 iyul kuni Misrga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz