O‘tgan mavsum oxirida «Real» UYEFAga «Barselona» ustidan shikoyat qilib, «Negreyra ishi» bo‘yicha tergov ishlari olib borilayotgani sababli Kataloniya klubini chetlatishni talab qilgandi, biroq bu talab hozircha inobatga olinmayapti.
Kataloniya klubi Chempionlar ligasi ishtirokchilarining dastlabki ro‘yxatiga kiritildi. Diario Sport nashrining fikricha, bu UYEFA ispan huquq-tartibot idoralari ishga nuqta qo‘ymaguncha «Barselona»ga nisbatan hech qanday chora ko‘rmasligini anglatadi.
Shu bilan birga, UYEFAning o‘zi e’lon qilingan ro‘yxat dastlabki xarakterga ega ekanligini ta’kidlamoqda. Tashkilot ushbu ro‘yxat faqat sport natijalari asosida tuzilganini va hozirda davom etayotgan intizomiy, lisenziyalash yoki boshqa huquqiy jarayonlarni inobatga olmaganini aniqlik kiritdi.

Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0