
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Jirona"ga qarshi kechgan g'alabali o'yin haqida fikrlarini bildirdi. La Liga 17-tur uchrashuvi 0:3 hisobida yakunlandi.
"Pubil uchun juda xursandman. U o'z pozitsiyasidagi turli harakatlarni takomillashtirishi kerak, ammo unda tezlik va kuch bor, oyoqlari bilan yaxshi o'ynaydi.
O'tgan mavsumda Chempionlar Ligasida juda yaxshi natija ko'rsatdik. La Ligada esa bizga g'ayrat etishmadi. Har safar "Real" va "Barsa"ni ko'rganimda, turli vaziyatlar tufayli 100 foiz harakatimiz etarli emasligini o'ylayman. Biz 110 foiz kuch sarflashimiz lozim", - dedi argentinalik mutaxassis.
Ushbu bellashuvdan so'ng "Atletiko" 37 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. "Real"da 42 ochko, "Barselona"da 43 ochko bor. "Jirona" 15 ochko bilan o'n sakkizinchi.
O'qildi: 138330 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51067 - Fikirlar: 0





423