
Joan Laporta rasman o'z lavozimiga kirishguniga qadar «Barselona» prezidenti vazifasini bajarib turgan Rafa Yuste La Liga prezidenti Xaver Tebas, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Luzan hamda Hakamlar texnik qo'mitasi rahbari Fransisko Sotoga rasmiy xat yo'lladi. Bunga «Real» rahbari Florentino Peresning bayonotlari sabab bo'ldi. Bundan oldinroq Peres «Barselona»ni «Negreyra ishi» doirasida ko'p yillar davomida hakamlikni sotib olib kelganlikda ayblagan edi.
«Barselona» ushbu sharhlar haqiqatga to'g'ri kelmasligidan tashqari, Ispaniya chempionatining sha'ni va imijiga, shuningdek, umuman hakamlar hamjamiyatiga qilingan jiddiy tajovuz deb hisoblaydi hamda Ispaniyadagi professional futbolning obro'si va nufuziga putur etkazadi», — deyiladi «Barselona» klubi bayonotida.
«Barselona» yuqoridagi tashkilotlarni futbol obro'sini himoya qilishga chaqirdi. Kataloniyaliklar bundan avval ham Florentino Peresni o'z so'zlaridan voz kechishga chaqirib, tinchlik bitimi bo'yicha shikoyat yuborishganini eslatib o'tishdi. Agar bu amalga oshmasa, «ko'k-anorranglilar» sudga murojaat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «Barselona» Negreyraga to'langan mablag'lar hakamlarning qarorlari uchun emas, balki hakamlik bo'yicha tahliliy hisobotlar uchun berilganini ma'lum qilgan edi.
500