
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov JCh-2026 ishtirokchilari orasidagi eng qimmat markaziy himoyachilar reytingida beshinchi o'rinni egalladi.
TransferRoom platformasi ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan 22 yoshli futbolchining bozor qiymati 62,2 million evro deb baholanmoqda.
Reytingda birinchi o'rinni Pau Kubarsi egallab turibdi. "Barselona" himoyachisining transfer qiymati 118 million evroni tashkil qiladi.
Ikkinchi pog'onadan Vilyam Saliba o'rin olgan bo'lib, "Arsenal" futbolchisi 90,5 million evroga baholangan. Uchinchi o'rin esa Mark Gexiga tegishli. "Manchester Siti" a'zosining qiymati 84,6 million evroni tashkil etadi.
JCh-2026dagi eng qimmat markaziy himoyachilar reytingi:
Pau Kubarsi (Ispaniya, «Barselona») — 118 mln evro
Vilyam Saliba (Frantsiya, «Arsenal») — 90,5 mln evro
Mark Gexi (Angliya, «Manchester Siti») — 84,6 mln evro
Villian Pacho (Ekvador, «PSJ») — 69,5 mln evro
Abduqodir Husanov (O'zbekiston, «Manchester Siti») — 62,2 mln evro
Luka Vushkovich (Xorvatiya, «Tottenhem») — 59,8 mln evro
Ruben Diash (Portugaliya, «Manchester Siti») — 57,7 mln evro
Gabriel Magalyayns (Braziliya, «Arsenal») — 56,8 mln evro
Dayo Upamekano (Frantsiya, «Bavariya») — 56,1 mln evro
Erik Garsiya (Ispaniya, «Barselona») — 55 mln evro
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor jahon chempionatining final bosqichiga yo'llanma oldi. Fabio Kannavaro shogirdlari JCh-2026 K guruhida Kolumbiya, Portugaliya va DR Kongo bilan birga kurash olib bormoqda.
575