«Barselona» va «Manchester Siti» klublari taniqli futbol agenti Jorje Mendesh yordamida o'yinchilarni almashtirish haqida tayyorlashmoqda."Ko'k-anorranglilar" "shaharliklar" safidagi o'z tarbiyalanuvchisi Erik Garsiyani ortga qaytirishmoqchi. 19 yoshli markaziy himoyachining "Siti" bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi, ammo u "Etixad"ni tark etmoqchi. Klublar o'zaro kelishgan holda ortiqcha xarajatsiz transferni amalga oshirish haqida o'ylashmoqda. Ushbu maqsad yo'lida boshqa g'oya ham tug'ildi: "Siti" o'ng qanot himoyachisi Nelson Semeduni qo'lga kiritib, kataloniyaliklarga Garsiya va Joau Kanseluni bermoqchi. Ushbu g'oya agent Mendeshga tegishli bo'lib, u portugaliyalik futbolchilarning manfaatini himoya qiladi. Har ikki futbolchi jamoani almashtirishga qarshi emas. Mazkur rokirovkani Evropa chempionlar ligasi yakunlanganidan keyin amalga oshirish mumkin bo'ladi.
23-Iyul 2020,19:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0