Evropada mavsum asta-sekin yakunlanib, kelasi yili evrokuboklarda ishtirok etadigan klublari nomi aniqlanmoqda. Jumladan, Chempionlar ligasining keyingi mavsumi guruh bosqichida qatnashadigan bir nechta jamoalar aniq bo'ldi.Frantsiya, Niderlandiya, Belgiya va Shotlandiyada mavsum oxiriga etkazilmagan bo'lsa, Germaniya va Ispaniya chempionatni yakunlab qo'yishga muvaffaq bo'ldi.Italiyada mavsum tugashiga 2 tur bo'lsa-da, bu mamlakatdan EChLda ishtirok etadigan 4 jamoaning nomi aniq bo'lib ulgurdi. Shuningdek, Angliyadan ikkita klub aniq bo'lgan.Jami 26ta jamoaga bevosita EChL guruh bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi. Hozirgi kunga kelib bu huquqni qo'lga kiritgan jamoalar:Angliya: Liverpul, Manchester SitiIspaniya: Real, Barselona, Sevilya, Atletiko MadridGermaniya: Bavariya, Borussiya D, RB Leyptsig, Borussiya MItaliya: Yuventus, Inter, Atalanta, LatsioFrantsiya: PSJ, Marsel, Renn (agar Evropa ligasi-2019/20 g'olibi o'z milliy chempionati orqali EChL yo'llanmasini qo'lga kiritsa)Belgiya: BryuggeUkraina: ShaxtyorTurkiya: Istanbul BashekshehirPortugaliya: PortuRossiya: Zenit, LokomotivNiderlandiya: Ayaks (agar EChL-2019/20 g'olibi o'z milliy chempionati orqali Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa)Kim qoldi?Bugun Angliyada ikkita ishtirokchi aniq bo'ladi. Da'vogarlar 3ta: "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Lester".Yana 2ta o'rin Chempionlar ligasi-2019/20 va Evropa ligasi-2019/20 g'oliblariga beriladi. EChLning joriy mavsumida o'z yurishini davom ettirayotgan "Napoli", "Lion" va "Chelsi" klublari o'z chempionatlari orqali turnirning kelgusi mavsumidagi ishtirokini kafolatlashmadi. Bu 3 klubdan biri EChLda g'olib chiqmasa, "Ayaks" guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.Agar Evropa ligasida, milliy chempionat orqali EChLning keyingi mavsumida ishtirok etishi aniq bo'lgan klub g'alaba qozonsa (bunday klublar — "Inter", "Sevilya", "Shaxtyor" va "Istanbul"; "MYu" bunga yaqin turibdi), Frantsiyaning "Renn" klubi Chempionlar ligasini bevosita guruh bosqichidan boshlaydi.
26-Iyul 2020,14:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0