«Barselona» sardori Lionel Messi Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida muvaffaqiyatli aldab o'tishlar soni bo'yicha tengsiz deb topildi. 33 yoshli futbolchi mavsum davomida raqiblarini 182 marta aldab o'tgan o'tgan hamda reytingda katta farq bilan 1-o'rinni egalladi."Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, bu borada ikkinchi pog'onani 98ta dribling bilan «Betis» yarim himoyachisi Nabil Fekir egnalladi. «Vilyareal» ya'zosi Andre Zambo-Angissa esa kuchli uchlikka kirdi (86).So'nggi 10 yilda Messi oltinchi marotaba Ispaniya La ligasining eng yaxshi dribling ustasi deb topildi. Leoning eng yaxshi ko'rsatkichi 2010/11 yilgi mavsumga to'g'ri kelgan bo'lib, o'shanda u raqiblarini 186 marta muvaffaqiyatli aldab o'tgan.Messi 2019/20 yilgi mavsumda 33ta uchrashuvda maydonga tushib, 25ta gol urdi ham faoliyatida ettinchi marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purariga aylandi.
28-Iyul 2020,12:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0