«Barselona» rahbariyati yana «PSJ» hujumchisi Neymarni ortga qaytarish haqida o'ylay boshladi. "Diario Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, klub prezidenti Jozep Bartomeu transfer rejalarini o'zgartirishga qaror qildi. U jamoaning kayfiyati va o'yinini o'zgartirish uchun jiddiy ishlarga qo'l urmoqchi.Bir oy ilgari «Barselona» Neymarni xarid qilish g'oyasidan voz kechib, o'z e'tiborini Lautaro Martinesga qaratgan edi.Endi esa «Barselona» Neymar uchun «PSJ»ga Antuan Grizmann hamda 50-60 mln evro miqdorida pul taklif qilmoqda. "Ko'k-anorranglilar" bu taklifga parijliklarning rozi bo'lishiga umid qilishmoqda. Ayniqsa, braziliyalik futbolchi «Barsa»ga qaytish istagini bildirib, "PSJ" rahbariyati bosim o'tkazsa, bu rejani amalga oshirish mumkinligiga kataloniyaliklar ishonishmoqda.Bundan tashqari, Grizmann ham mazkur transferga rozilik bildirishiga "Barsa" umid qilmoqda. Chunki u "Kamp Nou"da kutilgan ishonchni oqlay olmadi.
17-Avgust 2020,12:30