Lionel Messi va "Barselona" o'rtasidagi mojaro xronologiyasini qisqacha yozishga harakat qilaman:— Messi mavsum davomida ketish haqida aytib kelgan. Bartomeu yo'q demagan. Mavsum pandemiya sabab cho'zilgan, 10 iyun kungi dedlayn o'tib ketgan. La Liga shuni ushlab oldi. Bartomeu yon bergisi kelmadi. — Messi oxirigacha yurmadi, sudga bermadi. Sabab sifatida klubni yaxshi ko'rishini aytdi. — Leo ochiqchasiga Bartomeuni rasvo rahbar deyapti. Klubda qolgan bo'lsa ham ular o'rtasidagi ishkal tugamagan. —Intervyuda Messi "Roma", "Liverpul", "Bavariya"ga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyatlarni aynan noto'g'ri boshqaruv bilan izohlagan. Harakat qildimu, qisqa bo'lmadi, nyuanslar ko'p. Asosiysi, bitta masalaga nuqta qo'yildi, u qoldi. Bayonot esa meni xayron qoldirdi, ochiq, dangal, boricha, Leo axiyri yorildi (oxiri gapirding-a, Mashrab). Davron Fayziev.
4-Sentyabr 2020,22:30