«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Goal.com nashriga eksklyuziv intervyu berib, so'nggi kunlardagi hissiyotlari borasida "yorildi". Oiladagilarning munosabati haqida«Men "Barselona"ni tark etishga qaror qilganim haqida xotinim va bolalarimga aytganimda, haqiqiy drama yuzaga keldi. Butun oilam yig'ladi. Farzandlarim Barselonadan ketishni, boshqa maktabga o'tishni istashmadi. Nima uchun ketmoqchi edi?Ammo men yuqori saviyada o'yin namoyish etadigan jamoada to'p tepishni, sovrinlar yutishni, Chempionlar ligasida raqobatbardosh jamoada o'ynashni istadim. Bu musobaqada g'alaba qozonish yoki yutqazish mumkin. Chunki, bu qiyin turnir, ammo raqobatlashish kerak. Hech bo'lmasa, sharmanda bo'lmaslik uchun ham kurashish kerak. Rim, Liverpul, Lissabondagi voqealar esa... Bularning barchasi meni o'z qarorim borasida o'ylab ko'rishga majbur qildi.Jamoadan xotirjam keta olishim mumkinligiga ishonchim komil edi. Prezident menga hamisha mavsum so'ngida ketish yoki qolish masalasini o'zim hal qilishim mumkinligini ta'kidlab keldi. Endi esa ular 10 iyun sanasiga yopishib olishdi. Bu paytda esa biz La ligada ishtirok etayotgan edik. Koronavirus pandemiyasi butun mavsumni o'zgartirib yubordi. Shuning uchun men klubda qolmoqchiman. Prezident menga klubdan ketishning yagona yo'li 700 million evro to'lash kerak ekanini aytdi. Buning esa iloji yo'q.Sudlashish haqidaJamoadan ketishning yana bir yo'li mavjud edi — klub ustidan sudga murojaat qilish. Ammo men hech qachon bunday qilmayman. Chunki men bu klubni sevaman. U menga ko'p narsa bergan. Bu klub — mening hayotim, desam ham bo'ladi. Men bu erda o'z hayotimni yo'lga qo'ydim. "Barsa" menga barcha narsani berdi, men klubga borimni berdim. "Barselona" ustidan sudga shikoyat qilish fikri hech qachon xayolimga kelmagan. Farzandlarining munosabati haqida"Mateo hali yosh. U boshqa joyga ko'chib ketib, boshqa mamlakatda yashash nima ekanini tushunmaydi. Tyago — kattaroq. U televizor orqali ba'zi xabarlarni eshitgani uchun mendan so'radi. Men uning bilishini istamagandim. U esa menga keskin ohangda "Hech qayoqqa ketmaymiz", dedi. Takrorlayman, bu og'ir bo'ldi. Men Barselonani yaxshi ko'raman. Bu erdan yaxshiroq joyni topa olmayman. Shunga qaramay, men qaror qabul qilish huquqiga egaman. Yangi maqsadlar sari intilmoqchi edim. Keyinchalik esa yashash uchun Barselonaga qaytishim mumkin edi. Buning uchun menda barcha sharoit bor edi. Oilam, farzandlarim bu erda ulg'ayishmoqda. Ketish istagidan yomonroq hissiyot yo'q. O'ylashimcha, bu narsa menga, klubga va barchaga yaxshi bo'lardi. Xotinim qalbda og'riq bilan meni qo'llab-quvvatladi", — deya o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi Leo Messi.Argentinalik futbolchi endi Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
4-Sentyabr 2020,22:10