«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchi Luis Suaresning «Atletiko»ga o'tib ketgani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Suaresning boshlang'ich tarkibda maydonga tushishi qiyinlashib ketdi. Men unga bu haqda aytdim. Unga qiyin bo'ldi, ammo u bilan hech qanday muammoga duch kelmaganman.U yaxshi shug'ullandi. Yakunda esa esa Luis ketishga qaror qildi. Men unga: «Agar qandaydir sabab bilan jamoani tark etmasang, bu jamoaning bir qismi bo'lishing va men nohaq ekanimni isbotlashing mumkin», dedim. Ha, u qolishi mumkin edi.Mening Luisga munosabatim yaxshi. Ammo biz tarkibni yoshartirishimiz kerakligini his qildim. Bizda 17 yoshli Ansu Fati o'ynamoqda. Ronald Arauxo — 21 yoshda, Trinkau — 20 yoshda. Biz 19 yoshli Serjino Destni xarid qildik. Ular kelajak o'yinchilari», – dedi Kuman.
12-Oktyabr 2020,07:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0