«Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi Evropa chempionlar ligasi 2-turi doirasida bo'lib o'tgan «Barselona»ga qarshi o'yin (0:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Har ikki jamoa safida yo'qotishlar mavjud bo'lsa-da, o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Biz haddan tashqari ko'p texnik xatoga yo'l qo'yib, «Barselona»ning ishini osonlashtirdik. Bugun biz yaxshiroq natijaga erishishimiz mumkin edi. O'z o'yinimizni yaxshilashga bo'lgan intilish bizga umid beradi. Ha, biz tavakkalga qo'l uryapmiz. Ammo nimadandir ishni boshlash kerak.Safimizda yangi futbolchilar bor. Ularda evrokuboklarda o'ynash tajribasi kam, ammo biz uchrashuvdan uchrashuvga rivojlanib boramiz. Etakchi o'yinchilarimiz bugun maydonga tusha olishmadi. Shuningdek, charchoq ham ta'sir qilmoqda. Shunchaki sabr qilish, birlashish va ishlashda davom etish kerak», — dedi Bonuchchi.
29-Oktyabr 2020,09:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0