Bugun 30 oktyabr, dunyo futboli afsonalaridan biri Diego Maradona o'zining 60 yoshini qarshi olmoqda.
Argentinalik futbol afsonasi o'z yubileyiga qanday sovg'a olishni xohlashini Corriere dello Sport bilan suhbatda ochiqladi.
"O'zim uchun hech narsa kerak emas. Men halokatli pandemiya yo'qolib ketishini xohlayman. Shuningdek, nafaqat Argentinada, balki dunyoning boshqa davlatlarida ham ochlik va ishsizlik yo'qolib ketishini tilayman.
Futbol haqida gapiradigan bo'lsam, 90 yillik tanaffusdan keyin "Ximnasiya" klubini chempion bo'lishini xohlayman. Qolavers, yaqin yillar ichida "Napoli" klubi ham o'z hisobiga yana bitta ckudetto qo'shib olishini tilayman. Men "Napoli"ni kuzatib boraman va menga ular yoqadi", - dedi Maradona.
Argentinalik afsona faoliyati davomida "Barselona", "Napoli", "Sevilya" va argentinaning bir nechta klublarida o'ynagan. Terma jamoasi bilan 1986 yili Jahon chempionatini yutgan.
30-Oktyabr 2020,20:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0