Kataloniya klubi prezidentligiga asosiy da'vogarlardan biri bo'lgan Viktor Font saylovlar oldidan Messi haqida fikr bildirib o'tdi.
"Agar sening jamoingda dunyoning eng kuchli futbolchisi o'ynaganda sen uni olib qolgan bo'lmasmiding?! To'g'ri, ayni damda uning o'yinida pasayish ko'zga tashlanyapti. Lekin u hech qanday shaxsiy sovrin yuta olmagan taqdirda ham, boshqalarga timsol bo'lib turishi uchun xam jamoada qolishi shart. Mening qarorim qanchalik tanqidiy ruhda bo'lmasin xozir vaziyat shunaqa. Men kelajakda "Barsa" va Messi o'rtasidagi munosabatlarni imkon qadar yaxshilashga va futbolchining klubga bog'liqlik jihatlarini tobora oshirishga xarakat qilaman. U keyinchalik bu erda kamida prezident bo'lishi kerak", - deydi Font.
Eslatib o'tamiz, klub prezidentligiga saylovlar kelasi yilning yanvar oyida o'tkaziladi.
18-Noyabr 2020,16:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0