Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq vitse-prezidenti Emili Ruso prezidentlikni tark etgan Jozep Bartomeu bilan yuzaga kelgan ziddiyatdan so'ng joriy yilning aprel oyida egallab turgan lavozimini tark etgandi. Oradan ma'lum muddat o'tgach, Ruso klub prezidentligi uchun nomzodini ilgari surdi.
Neymar haqida:
«Bugun biz uni ortga qaytarishga qodir emasmiz. Biroq, 2022 yilning yozida uning shartnomasi yakunlanadi. Biz uning atrofdagilar bilan gaplashdik va uning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, jamoamizga qaytarishimiz haqidagi masalani ko'tardik. Neymarning o'zida ham «Barselona»ga qaytish istagi yuqori.
Messi haqida:
«Messining kelajagi o'zining qo'lida. Uning amaldagi shartnomasi shu mavsumning oxirida yakunlanadi. Biz u bilan gaplashishga harakat qilamiz, ammo, klubdagi moliyaviy vaziyatni e'tiborsiz qoldirmaymiz», – dedi Ruso.
26-Noyabr 2020,22:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0