«Barselona» yarim himoyachisi Miralem Pyanich klubda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani uchun o'z noroziligi bildirdi.«Ochig'ini aytsam, nima uchun bunday vaziyatga tushib qolganimni bilmayman. Men ko'proq o'ynashni istayman. Jamoaga foydam tegishi mumkinligini bilaman. Murabbiy meni maydonga tushirgan o'yinlarda o'z vazifamni yaxshi bajaryapman. Men yaxshi o'yinlar o'tkazdim. Bunday holatda nima qilishim mumkinligini bilmayman. Men mashg'ulotlarda ishtirok etyapman va maydonga tushishga tayyorman.Hozirgi holatimdan qoniqish hosil qilmayapman. Butun faoliyatim davomida o'ynamasdan pul topish haqida o'ylab ham ko'rmaganman. Hozir ham bunday fikrda emasman. Kelajakda nima bo'lishini ko'ramiz. Men tayyorman, yaxshi shug'ullanyapman va kutyapman. Menda tanlov imkoniyati yo'q», – dedi Pyanich "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.Pyanich joriy mavsumda "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 11ta o'yinda maydonga tushdi. Ulardan beshtasida u zaxiradan tushirildi.
7-Dekabr 2020,22:20