Turinning «Yuventus» klubi vitse-prezidenti Pavel Nedved EChLning 1/8 final bosqichi uchun tashlangan qur'a haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Yuventus" ushbu bosqichda Portugaliyaning "Portu" klubi bilan o'ynaydi.
«EChLning pley-off bosqichiga yo'l olish yoqimli, lekin keyingi bosqichlarda qiyin bo'ladi. Har bir jamoa etarlicha muammo tug'dirishi mumkin. Biz buni o'tgan yili «Lion» klubiga qarshi o'yinda ko'rdik. «Portu»ning murabbiyini yaxshi bilaman, u mening jamoadoshim bo'lgan. Portugaliyaliklar jamoaviy o'yinini yaxshi shakllantirishgan. Bu ikkita qiyin o'yin bo'ladi. Ehtimol, biz favorit sanalarmiz, lekin biz bu o'yinga yaxshi formada tashrif buyurishimiz kerak. Biz «Barselona»ga qarshi ko'rsatgan o'yinimizni namoyish etishimiz kerak, - Nedvedning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Yuventus» rasmiy sayti.
14-Dekabr 2020,21:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0