Frantsiyaning «PSJ» klubi himoyachisi Markinos EChLning 1/8 final doirasida «Barselona» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ajoyib o'yin bo'ladi, chunki biz kuchli raqibga qarshi bahs olib boramiz. «Barselona» bilan bo'ladigan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak, sababi, turnirning bu bosqichida kuschiz raqiblar bo'lmaydi.
«Barselona»ga qarshi o'tkazilgan 2017 yildagi o'yin? Biz jiddiy o'zgardik, jasoratli bo'lib etishdik, barchasi o'zgacha. O'shanda Neymar bizga muammo tug'dirgandi, hozir esa «PSJ» tarkibida. U bo'lajak uchrashuvda o'ynamoqchi va g'alaba qozonishimizga o'z hissasini qo'shmoqchi», - Markinosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.
«Barselona» hamda «PSJ» jamoalari o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 16 fevral kuni bo'lib o'tadi.
14-Dekabr 2020,21:10