Angliyaning «Manchester Siti» va Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Pablo Sabaleta Lionel Messini «Ettixad»ga chorlamoqda.
«Messining bunday vaziyatga tushib qolganidan xafaman. U buni uchun «Barselona» rahbarlarini kechirmasligi kerak. Jamoa hozir yaxshi o'ynay olmayotgani ko'rinib turibdi. O'ylaymanki, bu Messining noroziligi bilan bog'liq. U «Barselona»da baxtli emas.
Bilasizmi, shunday ichki olamga ega bo'lgan o'yinchi o'zining barcha iste'dodlarini yuzaga chiqarishi uchun maksimal qo'llab-quvvatlashni his qilishi kerak.
Agar Messi «Barselona»ni tark etishga qaror qilsa, uning keyingi jamoasi «Manchester Siti» bo'lishi kerak. O'shanda «Manchester Siti» Messi uchun futboldan zavq oladigan joyga aylanadi. Har bir futbolchi Premer-Ligada tajriba o'tkazishni xohlaydi», — dedi Sabaleta.
14-Dekabr 2020,23:10