«Barselona» La Liganing 18-turi doirasida 9 yanvar, shanba kuni «Granada»ga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi."Ko'k-anorranglilar" ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi. Undan 22 nafar futbolchi o'rin oldi.Uchrashuvni jarohat sabab Jerar Pike, Serxi Roberto, Ansu Fati, Kleman Langle va Felippe Koutino kabi futbolchilar o'tkazib yuboradi. Kengaytirilgan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:Darvozabonlar: Mark Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;Himoyachilar: Serjino Dest, Ronald Arauxo, Xordi Alba, Mateus Fernandes, Samuel Umtiti, Xunior Firpo, Oskar Mengesa, De la Fuente Konrad.Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Miralem Pyanich, Rikard Puch, Pedri Gonsales, Fransishku Trinkau, Frenki de Yong, Ilaysh MoribaHujumchilar: Antuan Grizmann, Martin Breytueyt, Lionel Messi, Usmon Dembele.
????️ [SQUAD LIST]✈️ #GranadaBarça pic.twitter.com/QrmgKDoDnZ
— FC Barcelona (@FCBarcelona) January 8, 20218-Yanvar 2021,22:10
Nasib bo‘lsa Barselonadan yirik g‘alaba Olg‘a Barselona biz doyimo sen bilan
Javob
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0