“Al Sadd” Xaviga yangi shartnoma taklif qildi. Bitimda “Barselona” bilan bog'liq band bor
Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Al Sadd” rahbarlari jamoa muddatidan oldin Qatar chempionligini qo'lga kiritganidan keyin Xavi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Qatarliklar Xaviga 2023 yil iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi. Shuningdek, yangi bitimga ko'ra ispaniyalik mutaxassis va uning murabbiylar shtabi a'zolarining ish haqi ham oshiriladi. Kelishuvda mutaxassis “Barselona”ga o'tgan taqdirda “Al Sadd”ni tovon pulisiz tark etishi haqidagi band ham bor.
Xavi aniq bir qarorga kelmagan. Qayd etilishicha, 41 yoshli mutaxassis jamoa bilan shartnomani 2 yilga emas, bir yilga uzaytirishni rejalashtirgan. U bilan amaldagi kelishuv esa joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
O'xshash yangiliklar
19:00 Frenki de Yong MYuning qiziqishi haqida: "Barselona"da qolishni afzal ko'raman. Bu orzuimdagi klub"
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34180/+11)
UzFIFA Yangiliklari (27.08.2025)
Futbol TV Yangiliklari (27.08.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1800)
Eng ko'p o'qilgan
23-Avgust
08:30
22-Avgust
11:20
20-Avgust
22:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)