FiveThirtyEight algoritmi asosida ishlaydigan kompyuter La liganing joriy mavsumida qaysi jamoa chempion bo'lishi mumkinligini chamaladi. Unga ko'ra, "Atletiko"ning klubining sovrin uchun imkoniyati eng yuqori baholandi — 56 foiz. Superkompyuterga ko'ra, "matraschilar" qolgan 3ta turda 6 ochko ishlashadi va mavsumni 83 ochko bilan yakunlashadi.Chempionlik uchun "Barselona"ning imkoniyati esa 25 foizga baholandi. Kataloniyaliklar qolgan 3ta bahsda 7 ochko to'plashi va ularning jami ochkolari 82taga etishi kutilmoqda."Real"ning g'oliblik uchun imkoniyati esa 19 foizga baholandi. Dasturga ko'ra, madridliklar so'nggi 3ta o'yinda bor-yo'g'i 5 ochko to'plashlari mumkin. "Sevilya"ning chempionlik uchun imkoniyati esa 1 foizdan kamroq sifatida baholandi (77 ochko).
10-May 2021,23:10