UEFA Superligadan chiqmagan «Real», «Yuventus» va «Barselona»ga qarshi qattiq sanktsiyalarni qo'llamoqchi.
Bugun Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi ushbu uch klubga nisbatan UEFA qonuniy bazasini buzganligi uchun intizomiy ish qo'zg'atgani ma'lum bo'ldi.
COPE nashrining xabar berishicha, UEFA «Real», «Barsa» va «Yuventus»ni Chempionlar Ligasidan chetlashtirmoqchi va ularga katta miqdorda jarima solmoqchi.
Bunday holatda klublar Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishlari mumkin. Agar ularni Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborish qo'llab-quvvatlansa, uchta vakantsiyani Liga va A Seriya kuchli to'rtlikdan pastda yakunlagan klublar to'ldiradi.
Ispaniyada bu «Real Sosedad» (5-o'rin) va «Betis» (6-o'rin)ga, Italiyada esa «Napoli» (5-o'rin)ga to'g'ri keladi.
26-May 2021,12:20