Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, «Yuventus»ning sobiq darvozaboni Janluilji Buffon faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, «Atletiko» va «Barselona» 43 yoshli italiyalikni qo'lga kiritish uchun da'vo qilmoqda. O'z navbatida faxriy ham Ispaniyaning top-klublarida vaqtini o'tkazishga qarshi emas.
Shuningdek, boshqa bir ehtimoliy bo'lgan variantlardan biri - Buffon o'z faoliyatini boshlagan "Parma".
Eslatib o'tamiz, Buffon «zebralar» safida 2001 yildan beri o'ynab kelmoqda. U Turin jamoasi bilan o'n karra Italiya chempioni, to'rt karra mamlakat kubogi g'olibi va olti karra superkubok sohibi bo'ldi. U 2018/19 yilgi mavsumni PSJda o'tkazdi, shundan so'ng yana Turin klubiga qaytdi.
O'tgan mavsumda Buffon jamoasi safida 12 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol o'tkazib yuborgan.
12-Iyun 2021,08:10