"Nitstsa" "Barselona"ga Todibo uchun 8,5 million evro to'laydi
"Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todibo "Nitstsa"da qoladi.
Frantsiya klubi 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida o'tkazgan o'yinchining xarid qilish huquqini sotib oladi.
Qayd etish kerakki, "Nitstsa" futbolchi uchun 8,5 million evro to'laydi.
Todibo 2021 yilning qishidan buyon "Nitstsa"da ijara asosida o'ynayotgandi. 21 yoshli frantsuz jamoa tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.