Yozgi transfer oynasida «Barsa» rahbariyati tarkibni kuchaytirish uchun yaxshi ish olib boryapti. Aguero va umidli himoyachi Erik Garsiya «Man Siti»dan taklif qilindi. «Lion»dan Niderlandiya termasi etakchisi Memfis Depay olib kelindi. Bundan tashqari, 22 yoshli braziliyalik o'ng qanot himoyachisi Emerson ham «Betis» ijarasidan qaytdi. U Amerika kubogi bahslarida Braziliya tarkibida 2 ta uchrashuvda maydonga tushishga ham ulgurdi.«Barselona»ning bugungi asosiy muammosi futbolchilarga to'lanadigan maoshlar miqdori haddan tashqari yuqori va bu o'z navbatida yangi shartnomalar imzolashga imkon bermayapti. Klub allaqachon bu muammoni hal qilish ustida ish boshlagan. Konrad de la Fuente, Jan-Kler Todibo va Junior Firpo transfer qilindi, ammo bu etarli emas, ularning shartnomada keltirilgan maoshlari juda kam bo'lgan.2019/20 yilgi mavsumda «Barsa» futbolchilariga jami 671 million evro maosh bergan. Hozirda ushbu ko'rsatkich 383 millionga tushishi kerak. Ushbu summa kelayotgan mavsumda har bir klub uchun eng yuqori nuqta bo'lishi hisoblab chiqildi. «Barcelona» hozirda 110% daromadlarini ish haqiga sarflamoqda! Klub muammoni qanday hal qilmoqchi ? Albatta, futbolchilarni transfer qilish orqali. Keling, ushbu transferlarni ko'rib chiqamiz.— 21 yoshli portugaliyalik vinger Fransisko Trinkau «Vulverxempton»ga ijaraga berildi. Trinkauni 2020 yilning avgustida «Braga»dan 30 million evro evaziga sotib olishgan edi.— Jamoa Trinkau bilan bir vaqtda «Botafogo»dan 7 million evroga olib kelingan himoyachi Mateus Fernandesdan ham qutildi. Braziliyalik futbolchi klubda faqat bitta o'yin o'tkazgan (Kievning «Dinamo»si bilan mehmonda 17 daqiqa) va iyun oyida klub shartnomani bekor qilgan. Endi Mateus klubni sudga bermoqchi. Chunki u kelishuv noqonuniy ravishda bekor qilingan, deb hisoblaydi.— Umtiti va Pyanich — «Barselona» ancha vaqtdan beri sotib yuborishni mo'ljallab yurgan futbolchilar. Lekin ular o'z ixtiyori bilan ketishni istamaydilar. Klub anchadan beri birinchisidan xalos bo'lishga urinib ko'rdi, ammo Samuel shartnomani bekor qilishdan bosh tortmoqda. Agar klub shartnomani bir tomonlama bekor qilsa, Umtiti FIFAga shikoyat qilmoqchi. Umtitining yillik maoshi 16 million evroni tashkil qiladi. Pyanich bilan ham deyarli o'xshash vaziyat. Bosniyalik doimiy o'yin amaliyotiga ega emasligiga qaramay, «Barselona» bilan shartnomani bekor qilishdan qat'iyan bosh tortgan. Miralemning yillik maoshi 8 million evroni tashkil qiladi. — «Barsa»ning yana bir katta «bosh og'rig'i» bor. Bu — Filippe Koutino. Klub endi undan qutulishga umid ham qilmaydi. Unga hech bir klubdan takliflar bo'lmayapti. Hech bo'lmaganda bir muddat braziliyalikdan qutulishning yagona usuli bu uni maoshsiz ijaraga berishdir. Koutinoning hozirgi formasini hisobga olgan holda (dekabrdan beri o'ynamayapti), bu ehtimoldan yiroq. "Ko'k-anorranglilar" yuqoridagi 3 futbolchidan qutulishsa, maoshlar bilan bog'liq xarajatlar ancha qisqaradi.Agar jamoa Umtiti va Pyanich bilan shartnomani bekor qilish yo'lini topmasa, nafaqat yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazmaslik, balki Leo Messi bilan yangi shartnomani qayta imzolamaslik xavfi ham bor.Kataloniyaliklar bir nechta afsonalari bilan ham xayrlashishi mumkin. Ular orasida Serxi Roberto, Serxio Buskets va Jordi Alba bor. Yosh futbolchilardan esa Serjino Dest va Ronald Arauxo klubni tark etishi mumkin.«Barselona»ning avvalgi prezidenti Bartomeuning ushbu holat uchun rejasi bor edi. Laporta undan foydalanadimi?Bu juda oddiy: Sport.es xabariga ko'ra, «Barselona»ning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu «Barça Corporate»ning 50 foizini sotmoqchi bo'lgan (bu to'rtta tashqi loyihani o'z ichiga oladi: Barça Academy, Barça Innovation Hub, Barça Licensing and Merchandising (BLM) va Barça Studios. Ushbu sotuv klubga 500 million evro olib keladi, bu esa daromadni hisobga olgan holda ish haqi chegarasini yangilaydi. Bu o'z navbatida hatto hech qanday futbolchini sotmay turib ham Messi bilan yangi shartnoma imzolash imkonini beradi.Ammo klub prezidenti Joan Laporta sobiq hamkasbi rejasini faollashtirishga tayyormi? Buni esa vaqt ko'rsatadi.Ruslan Maksimov tayyorladi.
9-Iyul 2021,21:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0