Ispaniya Milliy Adliya sudi «Barselona» futbolchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxega qarshi da'vo bilan bog'liq ishni ko'rib chiqishni to'xtatdi.Da'vogar Federiko Rettori sudga murojaat qilib, Messi va uning otasini Messi xayriya jamg'armasida iqtisodiy jinoyatlar va firibgarlikda ayblagan edi.Da'vogarning ta'kidlashicha, jamg'arma tomonidan olingan mablag'lar fond faoliyatini moliyalashtirish uchun emas, balki uchinchi shaxslarning hisob raqamlariga yo'naltirilgan.Sud qaroriga binoan shikoyat matbuotdagi yangiliklar asosida sodir bo'lgan voqealarni hisobga olgan holda yozilgan. Shu sababli, sud rasmiy hujjatlarga, xususan, soliq xizmatidan olingan hujjatlarga e'tibor qaratdi va fond faoliyatida hech qanday jinoiy harakatlarni aniqlamadi.
17-Iyul 2021,22:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0