«Barselona» yarim himoyachisi Serji Roberto klubda qolishi mumkin.
«Cadena SER» nashri jurnalisti Santi Ovalle xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 29 yoshli ispaniyalikka maoshini sezilarli darajada kamaytirgan holda yangi ikki yillik shartnoma taklif qilishmoqchi.
Oldinroq yiliga 10,5 million evro ishlab topadigan Roberto ish haqini qisqartirishdan bosh tortgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, «Barsa» bir qator futbolchilar bilan maoshni kamaytirish bo'yicha muzokara olib bormoqda. Taklif birinchi yilda katta pasayishni nazarda tutadi, ammo kelgusi yillardan mazkur yo'qotishlarni qoplash uchun futbolchilarning maoshi yana biroz ko'payadi. Umumiy pasayish 50% dan kam bo'ladi. Hozirda futbolchining agentlar va klub o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
27-Iyul 2021,11:30