Diario Sport nashri xabariga ko'ra, "Barselona" sobiq futbolchisi Leo Messi jamoada qolmoqchi bo'lgan va futbolchi shartnomadagi vaziyat bunday rivojlanganidan hayron.
Payshanba kuni argentinalik Kataloniyaga kelganida, u shunchaki shartnoma imzolayman deb o'yladi. Shuningdek, juma kuni jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytishni maqsad qilgandi.
Lionelning otasi va agenti Xorxe Messi kecha klub ofisiga keldi, yangi shartnoma imzolanishini kutdi, ammo "Barsa" prezidenti Joan Laporta undan uzr so'radi va klub Messini ro'yxatdan o'tkaza olmasligini aytdi.
O'shanda argentinalikning vakili Leoning "Barsa"da qolish uchun maoshini yanada kamaytirishga tayyorligini aytdi.
Messi oilasi Kataloniya rahbariyatiga vaziyatni tahlil qilish uchun vaqt berdi. Biroq, bir necha soatdan so'ng, "Barsa" vakillari Lionel bilan bog'lanib, maosh chegarasini chetlab o'tishning iloji yo'qligini aytishdi.
Messi oilasiga yaqin manbalar, forvard boshqa klublar bilan rasmiy muzokara o'tkazmaganiga ishontirmoqda, chunki u "Barsa" bilan shartnomasini uzaytirishiga ishongan. Endi esa Messi Evropa klublarining takliflarini tinglashga tayyor.
6-Avgust 2021,14:50