"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta klubning afsonasi Messining ketishiga izoh berdi.
- Messi qolmoqchi edi. Men shunday og'ir sharoitda bir necha oy muzokara olib borganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Buni ma'lum vaqt ichida qilish kerak edi, chunki Messining boshqa takliflari bor, bundan tashqari moliyaviy feyr -pley, lekin bu jarayon qachondir to'xtatishi kerak edi.
- Hamma narsa o'zgarishiga umid bormi?
- Men yolg'on umidlar bermoqchi emasman. Futbolchining boshqa takliflari bor. Shuningdek, biz va uning vaqt chegaramiz ham bor. Agar moliyaviy feyr-pleyda nimadir o'zgarmasa, o'yinchi o'z kelajagi haqida qayg'urishi kerak.
- Bizning birinchi kelishuvimiz besh yillik to'lovlar bilan ikki yillik shartnoma edi. Messi buni amalga oshirish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor edi. Biz hamma narsani qila olamiz deb o'ylagandik, lekin moliyaviy feyr-pley bunga to'sqinlik qildi", - dedi Laporta.
6-Avgust 2021,15:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0