Hujumchi Lionel Messi "Barselona"dan ketishi haqida izoh berishda davom etmoqda.
"Men maoshimni 50% ga kamaytirdim, lekin ular boshqa hech narsa so'ramadilar. Oyligimning 30 foizidan voz kechishnimni aytganim haqidagi mish -mishlar yolg'on. Bu to'g'ri emas. Biz qo'limizdan kelganicha harakat qildik, lekin jamoada qolishni imkonini topa olmadim. Men har doim muxlislarni hurmat qilganman. Atrofda mish -mishlar ko'p, ular ko'pi esa yolg'on. Men uchun eng muhimi - menga haqiqatni aytgan odamlarga gapirish.
Laporta bu haqda allaqachon gapirgan. Biz hamma narsani kelishib oldik, lekin La liga bilan bog'liq muammolar tufayli men qola olmadim. Klub barcha narsa La ligada rahbariyatiga bog'liq bo'lganini aytdi, lekin men nima uchun qola olmasligim haqida ko'p mish-mishlarni eshitdim. Lekin ularning barchasi yolg'on", dedi Messi.
8-Avgust 2021,16:50