"Barselona"ga qaytishi haqida
"Umid qilamanki, bu erga yana qaytaman va yana klubning bir qismi bo'laman. "Barselona" dunyoning eng yaxshisi bo'lishi uchun istalgan ishni bajarishga tayyorman. Albatta, ketayotganimdan ko'p narsalarni unutishga to'g'ri keladi. Ammo buni o'ylab, gapirish uchun hozir kayfiyatim yaxshi emas".
PSJga o'tishi haqida
"PSJ - ehtimoliy variant. Biroq hozirga qadar bu rasman ma'lum emas. "Barselona"ning bayonotidan keyin ko'plab klublardan taklif olganman. Hozirda muzokaralar davom etmoqda. Ko'p narsa aniq emas".
"Barselona" haqida
"Men bu klubning qadriyatlari asosida o'sdim, kamtar bo'ldim, "Barselona" libosida harakat qildim. Meni bu erdagilar nafaqat maydonda, balki, uning tashqarisidagi ishlarim uchun ham eslab yurishlarini istayman.
Bu erda faoliyat olib borganimdan, sovrinlar va mag'lubiyatlardan xursandman. Bu juda yorqin davr bo'ldi. G'alabalarni muxlislar bilan nishonlash, rafiqam va bolalarim bilan xursandchilik qilish juda yoqimli.
Qayg'udaman. Klubni juda og'ir tarzda tark etyapman. Buni kutmagandim. Buni boshida ham aytdim. Faks orqali shartnomani bekor qilishni so'ragan paytim ketishni istaganman, ammo hozir emas. Mana nima alam qilyapti.
Futbolchilar "Barselona"da o'ynashda davom etadi. Klub barchasidan muhim. Odamlar vaqt o'tgani sayin barcha narsaga o'rganadi. Boshida g'alati bo'lishi mumkin, ammo keyinchalik oddiy holga aylanadi. "Barselona"ning tarkibi ajoyib.
Sovrinlar haqida
"Yana bir bora EChLni yutmaganim og'riqli bo'lib kelgan. "Liverpul"ga qarshi yarim final o'yiniga qadar bunga yaqin edik. Pep davrida "Chelsi"ga qarshi o'yinga qadar bunga yaqin edik.
Yana bir marta EChLni yuta olardik. Ammo hech nimadan ta'na qilmayman. Biz doimo qo'limidan kelganini qilganmiz. Men esa doimo g'alabalar qozonaverishni istaganman.
Maqsadim - yutishda davom etish. Yana chempion bo'lishni va Dani Alvesga etib olishni istayman. Umuman olganda bunga yaqin kelib qoldim"
Maoshi haqida
"Maoshimni 50 foizga pasaytirdim. Hatto ular istaganidan ham ko'proq kamaytirdim. Odamlar yana 30 foiz maoshning pasayishiga qarshi bo'lganim borasidagi mish-mishlarni tarqatishdi. Bu bo'lmagan gap.
Qolishim uchun barcha ish qilindi. Muxlislar bilan ochiq gaplasha olaman. Atrofimda bo'lgan mish-mishlarning katta qismi yolg'on.
Ularga doimo haqiqatni gapiraman. Ular bilan birga katta bo'ldim va ularni aldashga haqqim yo'q"
8-Avgust 2021,16:45