"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga ikkita gol urdi (3:0). Shu tariqa polshalik futbolchi EChLning ketma-ket 18-o'yindan beri nemis klubi safida gol urib kelmoqda. Birinchi bo'limda Myuller hisobni ochgan bo'lsa, uchrashuvning 56-daqiqasida Levandovski mehmonlar hisobidagi ustunlikni mustahkamladi. Musiala jarima chizig'idan darvozaga yo'llagan zarbasi to'singa tegdi, qaytgan to'pni esa Levandovski darvozaga joylab hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida polshalik jamoasining navbatdagi, o'zining esa ikkinchi golni urdi va mazkur hisob bahs oxirigacha o'zgarmadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Chempionlar ligasi g'olibi Londonning "Chelsi" jamoasi edi. Bungacha "Bavariya" va "Liverpul" klublari turnirda g'olib bo'lishgandi.
14-Sentyabr 2021,02:30