«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida bo'lib o'tgan «Granada»ga qarshi o'yin (1:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Uchrashuvdan avval, ayniqsa, uy o'yinlaridan oldin g'alaba haqida o'ylaysan. Ammo bahs boshidanoq ahvolimiz qiyinlashib ketdi. 2-daqiqadan boshlab vaqtni o'ldiradan jamoaga qarshi o'ynadik.O'yin oxiriga qadar katta energiya bilan harakat qildik. Albatta, ko'proq natijani istagan bo'lardik, ammo salbiy startdan keyin o'zimizga kelib olish oson bo'lmadi.Bizda erkin hududlar bo'lmadi. Bundan tashqari, biz past bo'yli futbolchilar xizmatidan foydalana olmadik, ammo bo'ydor futbolchilarni raqib jarima maydoniga yubora oldik. Oxirigacha kurashib, to'p uchun kurashda engib chiqish kerak. Yaxshi o'ynab hisobni tenglashtirdik, afsuski, buni kech amalga oshirdik.Arauxo – haqiqiy professional, uning o'z ishiga bo'lgan munosabiti maqtovga loyiq. Barcha futbolchilar kabi u ko'p kuch yo'qotdi. Shunday ishlash kerak», – dedi Kuman.
21-Sentyabr 2021,09:50