Umtitu va Firpo safga qaytdi

Yuklab olish
"Barselona" futbolchilari haftaning birinchi mashg'ulotlarini 14 oktyabr, dushanba kuni o’tkazdilar
Umtiti qaytdi
Frantsuz futbolchisi o'zining uzoq kutilgan qaytishiga, shuningdek, 2019/2020 yilgi mavsumning ilk rasmiy uchrashuviga yaqinlashmoqda. Umtiti tizzasidagi muammolar tufayli mavsum boshlanishini o'tkazib yubordi. Biroq, nihoyat umumiy guruhda mashg'ulotlarga qo’shildi. Aftidan, himoyachi 19 oktyabr kuni Eibarga qarshi o'yinda ishtirok etish uchun ruxsat oladi..
Firpo yana qaytadan tiklandi
Firponing debyut mavsumi shu paytgacha bir nechta mushaklarning shikastlanishiga sabab bo'ldi. U "Barsa"ning "Inter" va "Sevilya" ga qarshi so'nggi ikki o'yinini o'tkazib yubordi. Yaxshiyamki, dushanba kuni Umtiti singari mashg'ulotlarga qaytdi.
Todibo terma jamoadan qaytgan birinchi o'yinchi
"Barselona"ning bir nechta o'yinchilari hali ham terma jamoada bo'lgan paytda, Jan-Kler Todibo birinchi bo'lib klubga qaytdi. Agar Umtiti o'ynay olmasa, fransiyalik futbolchini Jerar Pikening o’rniga “Eybar”ga qarshi maydonga tushushi mumkin. Eslatib o'tamiz, Pike bitta o'yin uchun diskvalifikatsiya qilingan
Karles Peres hanuz yo'q
Peres o'tgan hafta 21 yoshgacha Ispaniya terma jamoasi mashg’ulotlari vaqtida jarohat olgan va o’rniga Ansu Fati chaqirilgan edi. 16 yoshli futbolchi seshanba kuni jamoada debyut qilishi mumkin. Bu orada Peres "Barselona" bilan mashg'ulotlarida ishtirok etmadi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32363/+26)
UzFIFA Yangiliklari (12.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (12.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1746)
Eng ko'p o'qilgan
5-Aprel
13:50
6-Aprel
18:10
13:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)