«Barselona» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni sotib olish g'oyasidan voz kechishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyatiga Ansuman Fatining o'yini ma'qul kelmoqda. 16 yoshli futbolchi chap qanotda o'zini yaxshi namoyish eta oldi. Agar Neymar «Barsa»ga o'tadigan bo'lsa, Fati jamoaning asosiy tarkibida o'ynash imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Ansu hali yosh bo'lishiga qaramay, murabbiylar shtabi va rahbariyat uning o'sishini va doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istamoqda.Bundan tashqari, Neymarning ko'p jarohat olayotgan «Barselona»ni o'ylantirmoqda. U jarohat tufayli mavsumning boshlang'ich qismini o'tkazib yubordi. Shundan so'ng braziliyalik futbolchi "PSJ" safida 4ta uchrashuvda 5ta gol urib, yorqin o'yin namoyish qildi. Biroq Neymar Braziliya terma jamoasi safida jarohat olib, yana bir oyga safdan chiqdi.Nihoyat, 2021 yilda klubning direktorlari kengashiga saylovlar bo'lib o'tadi. Hozirgi rahbariyat saylovdan bir yil oldin Neymarning transferini amalga oshirishni istamayapti.Hozirgi kunda kataloniyaliklar uchun asosiy vazifa — Luis Suaresning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan markaziy hujumchi topish. Buning uchun klub katta mablag'dan voz kechishga tayyor.
15-Oktyabr 2019,23:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0