"Chelsi" himoyachisi Kristensen "Barselona" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi
"Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen "aristokratlar" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas, shu sabab London klubini joriy mavsum so'nggida tark etadi.
Daniyalik futbolchi "Barselona" bilan 6 million evro maosh bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Kristensen 2014 yildan beri "Chelsi"da o'ynaydi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushdi.