Kataloniyaliklar mazkur o'yindagi voqeadan keyin ichki tekshiruv o'tkazdi. “Kamp Nou”da nemis jamoasi muxlislarining soni 30 mingga yaqin edi, bu esa mezbon ishqibozlarning noroziligigaga sabab bo'ldi.
“Barselona” raqib jamoa muxlislari uchun 5000 chipta ajratgandi, ammo bahs kuni stadionda ularning soni haddan tashqari ko'p edi. Ma'lum bo'lishicha, turoperatorlar frankfurtliklarga chipta xaridi uchun ko'maklashgan, shuningdek, olib-sotarlar ham chetda turmagani aytilmoqda. Chiptalar qo'lga chiqib ketgan.
“Barsa” mutasaddilari “Ayntraxt” ishqibozlari uchun onlayn chipta savdosini vaqtida to'xtatmagani aniqlandi. Oqibatda “Kamp Nou” o'zi uchun noodatiy bo'lgan oq rangga burkandi. Klub prezidenti o'tgan aoqeani “sharmandalik” deya atab, bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va'da berdi.
16-Aprel 2022,09:45
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0