Bugun jang bo'ladi: tayyormisiz, Abramov?
Mazkur saralash bosqichiga qur'a tashlanganida ko'pchilik muxlis va mutaxassislar O'zbekistonni favorit deb hisoblagandi. Lekin “argentinalik amaki” yuzaga keltirgan tushuniksiz holat tufayli ahvolimiz yomonlashgandi. Ammo Abramov qaytgach, ko'nglimiz picha xotirjam tortgani bor gap.
Abramovdan avliyo yasash niyatim yo'q. Ammo shunisi ma'lumki, ayni damda termani boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar orasida eng kuchlisi aynan Vadim Abramov bo'ladi. Shuning uchun termadagi hozirgi holat avvalgiga qaraganda ijobiylashgan.
Suadiya Arabistoniga qarshi o'yinda qanday qilib bo'lmasin g'alaba qozonishga majburmiz. Birinchidan, guruhda birinchi o'rinda qolamiz. Ikkinchidan, terma jamoalar reytingidagi o'rnimiz ancha sharmandali holatga kelib qolgan. Obro'ni tiklashning yagona yo'li — g'alaba. Uchinchidan, keyingi bosqich yanada qiyin bo'ladi. Shu bois futbolchilarga o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytarish lozim.
Vadim Abramovdan ushbu o'yinda hujumkor taktika va mustahkam himoya talab qilinadi. Hayron bo'lmang, arablarga gol urish mushkulroq, shuning uchun hujumkor o'ynab, kerakli vaziyatdan foydalanish darkor. Va agar arablar birinchi bo'lib gol urishsa, qolgan daqiqalar terma jamoamiz a'zolari uchun mushkul va ancha asabiy o'tishi tayin. Axir arablar qanday o'ynashini bilamiz.
Vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, Saudiya Arabistoni terma jamoasidan bir bosh ustunmiz. Hatto hozirgi holatda ham. Agar Abramov futbolchilarni to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish yo'lini topa olsa, maqsadga erishamiz. Negaki ayni damda bizda arablarni mag'lub eta oladigan tarkib bor.
Endi Sardor Rashidov masalasi. Shaxsiy fikrimni aytadigan bo'lsam, Abramov Sardorni termaga chaqirishi kerak. Mayli, zaxiradan tushsin. Shundog'am zaxirada terma jamoaga yaramaydigan futbolchilar ham o'tiradi-ku! Sardorda iqtidor bor, tezlik bor, zarba bor. Jarima zarbalarini ham ijro eta oladi. Shu bois bugun matbuot anjumanida Abramovning Rashidov haqidagi savolga bergan javobi asl sabab emasga o'xshayapti. Takror aytaman, hozir terma jamoada Sardor Rashidovning hozirgi darajasidan ham past bo'lgan futbolchilar bor. Mayli, bu yog'i Abramovning tanlovi. Bizga esa uning kimni tanlashi emas, natijasi muhim. G'alaba qozonsak bo'ldi, Rashidov o'ynaydimi yoki boshqasimi, farqi yo'q.
Shu o'rinda yana bir gap. Men Abramovning yonini olmoqchi emasman, ammo Rashidov borasidagi qarori tufayli Abramovni tanqidlarga ko'mib tashlash kerak emas. Biz uchun ham, u uchun ham muhimi terma jamoa.
Erve Renar — chakana murabbiy emas. U oldingi intervyularidan birida “Endigi maqsadim — Saudiya Arabistonini jahon chempionatiga olib chiqish”, dedi. Ishonchim komilki, bugun arablar bizga kutilmagan syurpriz qilishga urinishadi. Ehtiyot bo'lish kerak.
Ha, aytgancha, janob Abramovning ham yashirin taktikasi bor. Biz Qirg'izistonga qarshi o'yinda bu taktikani ko'rmadik, chunki Abramov ko'rsatmadi. Umid qilamizki, bugun futbolchilar Abramovning yashirin taktikasi qanday ekanligini bizga qoyillatib ko'rsatib berishadi.
Bugun terma jamoamizdan yirik g'alaba kutmayapman, chunki murakkab o'yin bo'ladi. Bugungi jangda muhimi g'alaba — uning yirik yoki yirik emasligi muhimmas. So'zim so'ngida Abramovdan yana bir narsani so'ragan bo'lardim: Nesterovni qaytaring, Vadim Karleonovich. Bugungi o'yinda siz va futbolchilarimizga omad tilab qolaman.
Coutinho_14
14-Noyabr 2019,07:51
14-Noyabr 2019,07:51
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
K
H
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+17)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)